23:20 / 02.02.2021
5 139

Turk kinosi yangiliklari: O‘zidan 23 yosh kichik qizga ko‘ngil qo‘ygan O‘zjan Deniz

Turk kinosi yangiliklari: O‘zidan 23 yosh kichik qizga ko‘ngil qo‘ygan O‘zjan Deniz
Foto: Millet
Turk kinosanoati bilan bog‘liq eng muhim yangiliklarni e’tiboringizga havola etishda davom etamiz.

29 yanvar kuni Star TV kanalida O‘zjan Deniz bosh qahramon rolini ijro qilgan «Seni uzoq kutdim» seriali premerasi bo‘lib o‘tdi. Uzoq kutilgan film reytingda past ko‘rsatkich qayd etgan va e’tirozlarga sababchi bo‘lgan. Muxlislar qahramon qiz rolini gavdalantirgan Irem Halvajio‘gluning aktrisalik mahorati yetishmasligi va syujetda o‘ziga xoslik yo‘qligini tanqid qilgan.

Foto: Milliyet
Ammo past ko‘rsatkichlar aktyorning sobiq rafiqasi premeradan avval eri uni o‘ldirishga uringanini ovoza qilgani bilan bog‘liqligi ehtimoli ham yo‘q emas. Chunki O‘zjanning o‘zi bularning bari atayin yangi loyiha namoyishidan avval uyushtirilgani va bu uning ijodiy faoliyatiga qarshi aksiya ekanini ta’kidlagan. Posta gazetasi esa Denizning o‘zidan 23 yosh kichik eronlik dizayner Samar Dadgar bilan munosabatda ekanini ma’lum qilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Maryam Uzerli qizlari Lara va Lili bilan birga tushgan suratlarini e’lon qildi. Aktrisaning ikkinchi farzandi 2021 yilning 8 yanvar kuni dunyoga kelgandi.

Foto: «Yandeks Dzen»
Ibrohim Chelikkolening rafiqasi ikkinchi marta ota-ona bo‘lishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Juftlik qizlik bo‘lishni istayotganini aytib, allaqachon ism tanlab qo‘yganini ma’lum qilgan. Ibrohim va Mixre 2017 yilda turmush qurgan va 2019 yilda ilk marta farzandli bo‘lgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Gulseren Budayijio‘glu asari asosida OGM Pictures tomonidan suratga olingan «Ma’sumlar xonadoni» va «Qizil xona» seriallari mashhurlikka erishishga muvaffaq bo‘lgan. Navbat Gulseren qalamiga mansub «Oyna ortidagi qiz» kitobiga. OGM Pictures tomonidan suratga olinadigan serial premerasi 2021 yilning fevral oyi so‘ngida bo‘lishi rejalashtirilgan.

Foto: «Yandeks Dzen»
Elchin Sangu InStyle jurnalining fevral sonidagi muqovasi uchun suratga tushdi.

Foto: Turk Cinema
Engin O‘zturk Sözcü gazetasiga bergan intervyusida Mustafo Kamol Otaturkka bag‘ishlangan filmda rol ijro qilishni orzu qilishini bildirgan. Aktyor uning tarix sahifalarida muhrlanmagan hayotidagi lahzalarni gavdalantirishni va inson sifatida fe’l-atvorini istaydi.

Foto: Turk Cinema
Jan Yaman «Sandokan» serialida suratga tushish uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk kinosi yangiliklari: O‘zidan 23 yosh kichik qizga ko‘ngil qo‘ygan O‘zjan Deniz