Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev «Mendirman Jaloliddin» serialining ilk qismidan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«So‘nggi yillarda o‘zbek filmlari va seriallarida maishiy mavzular atrofidagi syujetlar ustuvordek bo‘lib qolgandi. Albatta, bunday mavzular bilan katta auditoriyani qamrab olish qiyin. Kamiga ular eksportga ham yaramaydi.
Kuni kecha «Mendirman Jaloliddin» nomli serialning bir qismini tomosha qildik... Taassurotlar ko‘p. Lekin asosiy aytmoqchi bo‘lganim – birinchi marta tarixiy shaxslar haqida tarixda qoladigan yuqori darajadagi o‘zbek filmini ko‘ra oldim.
Serial eksportga ham yaraydi. O‘zbek va turk aktyorlari ishtirokidagi film ajoyib hamkorlik va mahoratni yuzaga chiqargan. Ssenariy, tasvir, joy, ijro mahorati, ovoz... menimcha hammasi nisbatan yuqori darajada.
Ko‘z tegmasin va bunday ishlar davomli bo‘lsin. Filmni yaratishda bilvosita va bevosita ishtirok etgan, qo‘llab-quvvatlab turgan barchani tabriklayman, sizlarning harakatingiz o‘zini oqlabdi!» – deya yozdi Kusherbayev Telegram'dagi kanalida.
Eslatib o‘tamiz, «Mendirman Jaloliddin» premerasi 14 fevral, yakshanba kunidan «Milliy» telekanalida boshlandi. Serialning ilk fasli 13 qismdan iborat.
Tarixiy film Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashgan shahzoda Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan. Serialni O‘zbekistondagi xususiy homiylar buyurtmasi asosida, Turkiyaning «Bozdag film» kompaniyasi suratga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi