17:48 / 09.03.2021
4 411

Alisher Uzoqov va Adiz Rajabov nima uchun «Mendirman Jaloliddin» serialida rol ijro etmadi?

Alisher Uzoqov va Adiz Rajabov nima uchun «Mendirman Jaloliddin» serialida rol ijro etmadi?
Aktyorlar Alisher Uzoqov va Adiz Rajabov «Mendirman Jaloliddin» serialida rol ijro etishi kutilgan, ular ham ijodiy jamoa bilan bir necha kun Turkiyada suratga olish ishlariga tayyorlangan edi. Biroq ular serialda rol ijro etmadi. Mirolim Isajonov ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan suhbatlashdi.

«Serialning suratga olinish ishlari boshlanmasidan oldin pandemiya sababli Turkiyada ham karantin tartibi joriy qilindi va ko‘plab o‘zbek ijodkorlari o‘rtasida uyga qaytish masalasi ko‘tarildi. Men o‘shanda Zoom platformasi orqali ularning barchasiga vaziyatni tushuntirdim. Ya’ni O‘zbekistonda ham xuddi shu ahvol: karantin ekanligi, bu yerga qaytgach, ish qilish imkoniyati yo‘qligi, uyda o‘tirish kerakligini aytdim.

Aeroportdan tushishi bilanoq 15 kun karantinga olinishlarini ham ta’kidladim. Bilasiz, o‘shanda bizda shunday tartib bor edi. Men ularga mamlakatimizdagi vaziyatni tushuntirishga harakat qildim. Ammo Turkiyadan kelish yoki u yerda qolish ixtiyori aktyorlarning o‘zida edi, biz ularning fikrini o‘zgartirolmasdik yoki majburlay olmasdik.

O‘sha vaqtda ‘Bo‘zdag‘ film’ rahbariyati ‘Mendirman Jaloliddin’ ikkita davlat hamkorligidagi loyiha bo‘lgani uchun hamma karantin qoidalariga rioya qilgan holda suratga olish ishlarini davom ettirishga ruxsat olishga harakat qilayotgan edi. Bizning ikki aktyorimiz charter reys orqali O‘zbekistonga qaytib kelishi bilanoq karantin davri bo‘lsa-da, serial ‘s’yomka’siga ruxsat berildi va jarayonlar boshlandi. Bu yerdan ushbu aktyorlarimizni Turkiyaga qaytarib yuborishga imkoniyat bo‘lmadi. Shu muammo bo‘ldi, boshqa muammo yo‘q.

U paytda bir qancha davlatlardagi fuqarolarimizni olib kelish uchun charter reyslar faoliyati yo‘lga qo‘yilgandi. Bu aktyorlar shu charter reyslar orqali qaytib kelishdi. Ammo Turkiyaga faqat turk fuqarolari uchun reyslar bor edi xolos. Shu bois ular Toshkentda qolib ketishdi.

Bu aktyorlar ijro etadigan rolga o‘sha yerdan boshqa aktyorlar tanlandi. Lekin bu yigitlarimiz kelgusida mazkur loyihada mutlaqo qatnashmaydi, degani emas. Serialning yangi fasllari amalga oshadigan bo‘lsa, ular yangi qahramonlar qiyofasini gavdalantirishi mumkin, ixtiyor ularning o‘zida
», — dedi Ozodbek Nazarbekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Uzoqov va Adiz Rajabov nima uchun «Mendirman Jaloliddin» serialida rol ijro etmadi?