Foto: «Daryo»
O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 16 aprel, juma kuni 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani aytilmoqda. Ushbu ma’lumot hozircha vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangani va rad etilgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Mirza Azizov 1963 yil 22 mayda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. 2016 yildan bugungi kunga qadar Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 1999 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2013 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonlariga sazovor bo‘lgan.
2019 yil adabiyot va san’at yo‘nalishi bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasida ta’sis etilgan Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi «Oltin medal» mukofotiga loyiq ko‘rilgan. 2017 yildan beri Qirg‘iziston teatr arboblari uyushmasining teatr san’ati badiiy akademiyasining akademigi etib ham saylangan edi. U rejissyor sifatida «Jaydari kelin», «Dildagi dog‘», «Sarvqomat dilbarim» kabi o‘nlab spektakllarni sahnalashtirgan.
Mirza Azizov o‘zbek tomoshabinlariga «Tubanlik», «Gumrohlar», «Na malakman, na farishta», «Alpomishning qaytishi», «Shohnoma» kabi ko‘plab film hamda spektakllardagi rollari orqali tanilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi