2 141
Aziz Abduhakimov: «Biz hozir Samarqand turizm salohiyatining 5 foizidan foydalanyapmiz xolos»
«Ochiq osmon» maqomi berilishi rejalashtirilayotgan Samarqand xalqaro aeroportiga ko‘proq Qatar, Ummon, Kuvayt kabi arab davlatlari aviakompaniyalari qiziqish bildirib, takliflar bilan chiqmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov OAV vakillariga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda "Daryo".
Abduhakimovning ta’kidlashicha, Samarqandning turizm salohiyatidan yanada samarali foydalanish va sayyohlar sonini oshirish uchun aviaqatnovlarni keskin ko‘paytirish zarur.
«Ochig‘i, biz hozirgi kunda Samarqand turizm salohiyatining 5 foizidan foydalanyapmiz xolos. 2021 yilda Samarqand xalqaro aeroporti orqali mazkur viloyatga bor-yo‘g‘i 165 ming yo‘lovchi kelishi kutilmoqda. Qo‘shni mamlakatlar bilan solishtirib ko‘rsak, O‘sh, Chimkent kabi shaharlardagi aeroportlardan yiliga 1,5 million nafarga yaqin yo‘lovchi foydalanyapti.
Samarqandda ko‘plab yodgorliklarimiz, muqaddas joylarimiz bor. Ularni to‘liq ishlatib, ko‘plab sayyohlarni jalb qilishimiz uchun aviaqatnovlarni keskin ko‘paytirishimiz zarur. Prezident ham bu borada aniq topshiriq berdi. Avvalo, Samarqand xalqaro aeroportiga ‘ochiq osmon’ maqomi berilmoqda, ya’ni Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘plab parvozlar bo‘lishi mumkin. Bu bo‘yicha juda katta ishlarni boshlab yubordik. Birinchi navbatda, bugungi kunda dunyoning ko‘plab yirik aviakompaniyalariga murojaat qilib, ularga aeroportning yangi imkoniyatlari haqida ma’lumot berdik. Hozirda 15 ta aviakompaniya Samarqandga uchishga tayyor ekanligini bildirmoqda.
Bizga ko‘proq Qatar, Ummon, Kuvayt kabi arab davlatlari aviakompaniyalaridan hamkorlik qilish takliflari tushmoqda. Shu bois turistlar oqimini oshirish uchun ular bilan hamkorlikni kuchaytiryapmiz», — dedi turizm va sport vaziri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?