Foto: Getty Images
«Ota» filmidagi roli uchun «Oskar» mukofotining eng yaxshi erkak nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan aktyor Entoni Hopkins taqdirlash marosimida ishtirok etmagan va o‘zining ismi e’lon qilingan vaqtda Uelsdagi uyida uxlab yotgan. Bu haqda aktyorning agenti Jeremi Barberga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.
«Toni o‘zi o‘sib ulg‘aygan Uelsda edi va u tonggi soat 04:00 uxlab yotgan edi. Men yangilikni e’lon qilish uchun uni uyg‘otdim», — deydi Barber. U aktyor bundan «xursand va minnatdor ekanini» bildirgan.
Aktyorning vakilini so‘zlariga ko‘ra, bir yillik karantin va koronavirusga qarshi ikki dozalik vaksinadan so‘ng, u Uelsga qaytishga muvaffaq bo‘lgan.
Ta’kidlash kerakki, 83 yoshli Hopkins «Oskar»ni qo‘lga kiritgan eng keksa aktyorga aylandi. Taqdirlash marosimida uning nomidan mukofotni Xoakin Feniks qabul qilib oldi.
Eng yaxshi erkak roli uchun, shuningdek, Chedvik Bouzman («Ma Reyni: Blyuz onasi»), Riz Ahmed («Metall tovushi»), Gari Oldman («Mank») va Stiven Yang («Minari») da’vogarlik qilgan.
Keyinroq Entoni Instagram’dagi sahifasi orqali videomurojaat yo‘llab, g‘olib bo‘lishini kutmaganini ma’lum qildi.
«Akedemiyadan cheksiz minnatdorman. Shuningdek, bizni juda erta tark etgan Chedvik Bouzmanning xotirasiga hurmat bajo keltiraman», — deydi aktyor.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktabrida Nobel qo‘mitasi iqtisodiyot bo‘yicha mukofot sovrindori bilan bog‘lana olmagan edi. Shu sababli uni yarim tunda mukofotning boshqa sohibi uyiga kelib uyg‘otishga majbur bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?