O‘zbekistondagi 10 mingta maktabni musiqa fani o‘qituvchilari bilan ta’minlash muhim masalalardan biri sifatida qolmoqda. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 24 may, dushanba kuni «Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivali doirasida OAV vakillariga bergan intervyusida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo».
«Umumta’lim maktablarida musiqa fani deyarli yo‘q. Borlarida ham boshqa soha vakili dars o‘tyapti. Ya’ni xalq ta’limi yo‘nalishida musiqiy ta’lim allaqachon o‘ninchi darajaga tushib qolgan, bu ochiq haqiqat. Masalan, shaxsan men notani o‘zim o‘qigan oddiy maktabda o‘rganganman. Bugungi kunda maktablarda hatto notalar ham o‘rgatilmayapti. O‘quvchi musiqa maktabiga borsagina, musiqadan ozgina xabardor bo‘lyapti.
Bu ham kun tartibida turgan muhim masalalardan biri. Biz bu borada Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ko‘p rejalarni belgilab olganmiz, kelishuvlarimiz bor. Eng avvalo, 10 mingta maktabni musiqa fanidan dars o‘tuvchi mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash masalasi turibdi. Bu birdaniga yechiladigan muammo emas. Shu kabi masalalarni bosqichma-bosqich hal etmoqchimiz», — dedi Nazarbekov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi