19:06 / 13.06.2021
4 321

Sardor Mamadaliyev Ahad Qayum bilan kelishmovchilik sababiga oydinlik kiritdi (video)


Foto: «Daryo»
Shoir Ahad Qayum o‘zining Instagram sahifasida navbatdagi videomurojaatini xonanda Sardor Mamadaliyevga yo‘lladi.
Ahad Qayum videomurojaatda Sardor Mamadaliyev uning she’rida ismini olib tashlab kuylagani haqidagi e’tirozlarini ma’lum qilgan.

"Sardor Mamadaliyevni juda ham o‘zimga yaqin olib, do‘stim deb ko‘pdan buyon indamasdan, ayab yurgandim. Mening «Onangizni asrang, onasi borlar» deb nomlangan she’rimni 5-6 yil avval olib, qo‘shiq qilib, klip ham suratga olibdi. Boshqa san’atkorlardan farqli ravishda Sardor Mamadaliyev qo‘shiqdan ismimni olib tashlabdi. Hech qaysi san’atkor bunday qilmasdi. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, she’rimni o‘zgartirishga ruxsat bermayman.

Agar bundan keyin she’rlarimni qo‘shiq qiladigan bo‘lsangiz, birorta joyini o‘zgartirmang. O‘zgartirsangiz aytmasangiz ham mayli, o‘zi bundan keyin she’rlarimni qo‘shiq qilishingizga ham ruxsat bermayman.

«O‘zbekkonsert»ga ham rasman murojaat qilib, «Onangizni asrang» klipini efirlardan olib tashlashlarini so‘ramoqchiman. Shunday qilmasam, boshqa qo‘shiqchilar ham she’rlarimni o‘zgartirib aytishi mumkin.
Sardor Mamadaliyev men bilan do‘st bo‘lib turib, bunday hurmatsizlik qilishi kerak emas, deb hisoblayman", - dedi Ahad Qayum.

Xonanda Sardor Mamadaliyev jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida Ahad Qayumning ushbu murojaatiga quyidagicha munosabat bildirdi.

"Ahad mendan xafa bo‘lganing sababi — ko‘pincha she’rning oxiridagi Ahad Qayum degan joyini qo‘shiqda olib tashlab kuylayman. Nimadir bo‘ladi-yu, nasib qilmaydi-da, o‘sha so‘nggi misralar aytilmay qoladi. Bu klip efirlarga berilgandan so‘ng, olib tashlang, deb mendan xafa bo‘lib qolgan. Endi qo‘shiqni boshqatdan ijro qilolmayman-ku, xarajat qilingan, efirlarda aylanib yotibdi.

Bitta narsaga hayronman. Ahad Qayum shusiz ham trendda, juda mashhur bo‘lib ketdi. Hamma joyda u, endi ashulada chiqib nima qilar ekan. «O‘zim yozgan she’rda o‘zim yoqman», deb xafa bo‘lib qolgan. (Kulib) Endi xo‘rozqand olib berib, yosh bolani aldagandek aldaymiz-da, nima qilamiz. Kelishib olamiz", - dedi Sardor Mamadaliyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sardor Mamadaliyev Ahad Qayum bilan kelishmovchilik sababiga oydinlik kiritdi (video)