10:00 / 23.06.2021
3 666

2016 yilda Rossiyaga «chiqib ketgan» boyliklar qaytarilmoqda


Foto: Bojxona matbuot xizmati
Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati va DBQning mas’ul sohaviy boshqarmalari vakillari ham bor. 

Ushbu tadbirlar doirasida, Moskvada Federal bojxona xizmati hududida avval O‘zbekiston Respublikasi hududidan Rossiyaga noqonuniy olib chiqib ketilgan noyob madaniy boyliklarni Davlat bojxona qo‘mitasi vakillariga topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi uchun madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan 29 ta qo‘lyozmalar va 16 ta sopol buyumlar 2016 yilda qonunbuzar tomonidan yurtimizdan yashirincha olib chiqib ketilgan.

Rossiya Federal bojxona xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qo‘shma tadbirlar natijasiga ko‘ra aniqlangan buyumlardan 9 dona qo‘lyozma va kitoblar arab, fors va turkiy tillarda yozilgan diniy matnlar va she’riy asarlar bo‘lib, taxminan 1644-1880 yillar davrida yaratilganligi, 16 dona sopol buyumlardan 3 tasi esa o‘rta asrlar va yangi davrdagi (XV-XVII asrlar) Samarqand kulolchilik maktabiga mansubligi ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 2016 yilda Rossiyaga «chiqib ketgan» boyliklar qaytarilmoqda