11:53 / 30.08.2021
3 082

Kim Kardashyan homiladorlik davridagi muammosi haqida gapirdi

Kim Kardashyan homiladorlik davridagi muammosi haqida gapirdi
Foto: Pinterest
Yaqinda to‘rt farzandning onasi Kardashyan homiladorlik paytida nafaqat gormonal o‘zgarishlar va his-tuyg‘ular bilan bog‘liq muammolar, balki o‘z-o‘zini hurmat qilish borasida qiyinchilikka uchraganini aytdi.

«Homiladorlik men uchun oson kechmadi, men o‘sha paytda o‘zimni juda chiroyli emasman, deb hisoblardim. Nima deyish mumkin, tashqi ko‘rinishimdan nafratlandim va shu tufayli azob chekdim. Onam va singillarim homiladorlik paytida qanday bo‘lganini ko‘rganman, ular shunchaki ajoyib edi! Tug‘ruqdan keyin ham ular tezda avvalgi holatiga qaytdi, lekin bu menda bunday bo‘lmadi», — shikoyat qildi yulduz.

Kardashyanning so‘zlariga ko‘ra, unga ommaviy axborot vositalaridagi xabarlar ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan: ular nafaqat yulduzning homiladorligi haqida gapirgan, balki qomatidagi biroz o‘zgarishlarni ham tanqid qilgan.

«Homiladorlikda 30 kilogrammdan ortiq vazn yig‘dim, paparatssilar meni doimo ta’qib qildi, keyin nashr etilgan rasmlarimni ko‘rib ko‘proq qiynalardim. OAV har bir kilogramm haqida yozardi. Bu o‘zimga bo‘lgan hurmatni o‘ldirdi, — deydi Kim. Men bu vaqtda doim uyda o‘tirdim va yig‘lardim». Kim, shuningdek, homiladorlik paytida duch kelgan boshqa muammolar haqida gapirdi: «Men preyeklampsiya bilan og‘riganman, bu haqda hatto bilmaganman. Shu tufayli oyoqlarim va yuzim juda shishgan edi. Hatto muddatidan olti hafta oldin tug‘ishimga to‘g‘ri keldi va shoshilinch ravishda kesarcha kesish yo‘li orqali farzandimni dunyoga keltirdim», — deydi yulduz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kim Kardashyan homiladorlik davridagi muammosi haqida gapirdi