Foto: Haber
O‘zbek muxlislariga «Ichkarida» serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Chig‘atay Ulusoy turmush qurishga qaror qilgan.
«Aksham» nashrining ma’lum qilishicha, aktyorning to‘y marosimi keyingi yozgacha qoldirilgan. Ta’kidlanishicha, marosimda 150 nafar mehmon ishtirok etadi. Tashkilotchilarning hali ancha vaqt borligiga qaramay, ishga kirishganidan kelib chiqib taklif qilinganlar orasida yulduzlar bisyor bo‘lishini taxmin qilish mumkin.
Turkiyaning eng kelishgan ijodkorlaridan biri ekani aytiladigan aktyor kinosanoatning boshqa bir vakili, aktrisa Duygu
Sarishinga uylanadi. Chig‘atayning o‘zi shaxsiy hayoti tugul yangi loyihalari haqida ham ma’lumot berishni istamaydi. Shunga qaramay, juftlikning pandemiya tufayli darslarga qatnasha olmagan o‘quvchilarga yordam qo‘lini cho‘zib, xayriya bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘lgan. Qayd qilinishicha, aktyor qaylig‘i bilan birga bolalarni zarur o‘quv qurollar, yeguliklar, kiyim va poyabzallar bilan ta’minlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi