17:26 / 27.09.2021
2 457

Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlari aniqlandi

Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlari aniqlandi
Bugun, 27 sentabr kuni «O‘zbekfilm» kinokonsernida «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali oldidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumandan avval kinoijodkorlar, mutaxassislar va OAV vakillari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Shundan so‘ng festival dasturi bilan tanishtirish maqsadida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda kinofestivalga tashrif buyuradigan mehmonlar, dastur doirasida namoyish etiladigan filmlar va boshqa tadbirlar haqida OAV vakillariga to‘liq ma’lumot berildi. Mazkur mehmonlar qatorida biz sevib tomosha qiladigan hind va turk kinoyulduzlarini ko‘rishimiz mumkin. Ular orasida Mithun Chakraborti, Huma Qureshi, Sanjay Gupta, O‘zjan Deniz, Serdar O‘rtach, Melisa Asli Pamuk, Nazan Kesal, Filez Ahmet va boshqalar bor.


Mamlakatlardan kinofestivalga 150 dan ziyod mashhur kinoijodkorlar kelishi kutilmoqda. Ular orasida rejissyorlar, aktyorlar, prodyuserlar, xalqaro kinofestivallar, tashkilotlar, distribyutor kompaniyalarining vakillari tashrif buyurishadi. Ularning nomlari bugun ommaviy axborot vakillariga tanishtirildi.


Shuningdek, kun davomida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xorijlik mehmonlar kutib olindi va mehmonxonalarga joylashtirildi.

Kinemotografiya agentligi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkent xalqaro kinofestivali mehmonlari aniqlandi