1 oktabrda Toshkentda o‘tayotgan “Ipak yo‘li durdonasi” xalqaro kinofestivalida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, Shaken Aymanov nomidagi “Kazaxfilm” kinostudiyasi va rejissyor Timur Bekmambetovning “Bazelevs” kompaniyasi o‘rtasida Xo‘ja Nasriddin haqida multfilmni suratga olish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, multfilm qisman O‘zbekiston va Qozog‘istonda suratga olinadi. Shuningdek, “Bazelevs” mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ikki davlatda animatsiya maktablarini ochadi.
“Markaziy Osiyo davlatlarida Xo‘ja Nasriddinni e’zozlashadi va yaxshi ko‘rishadi, uning vatanini aynan shu yer deb hisoblashadi. Biz KION bilan birga ertaklarning sevimli qahramoni sarguzashtlari haqidagi animatsion film ustida uning uyi – Sharqda, O‘rta Osiyoda ishlashimizdan xursandmiz. Multfilmning yaratilishi uchun jumladan mahalliy rassomlar ham javob beradi”, deb ta’kidlab o‘tgan Bekmambetov.
“Xo‘ja Nasriddin” deb nom oladigan yangi multfilm rejissyorning shu nomdagi qo‘g‘irchoq spektakli asosida yaratiladi. Spektakl premerasi joriy yil boshida Moskvadagi Millatlar teatrida bo‘lib o‘tgan.
Timur Bekmambetov rossiyalik taniqli kinorejissyor, ssenariynavis, prodyuser va klipmeyker bo‘lib, o‘z vaqtida “Ilhom” teatri va “O‘zbekfilm”da rassom bo‘lib ishlagan, Hollivudda ijod qilgan. O‘ndan ko‘proq filmga rejissyorlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin