19:13 / 12.10.2021
1 751

Shavkat Mirziyoyev: "Madaniy ob’ektlarni birma-bir restavratsiya qilishni boshlaymiz"

Shavkat Mirziyoyev: "Madaniy ob’ektlarni birma-bir restavratsiya qilishni boshlaymiz"
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Buxoroda bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida turizm sohasida amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Yaqinda YUNЕSKO tomonidan Buxoroning yana 7 ta qadimiy obidalari Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Ularni hamda viloyatdagi yana 800 dan ziyod tarixiy boyligimiz bo‘lgan madaniy ob’ektlarni birma-bir restavratsiya qilishni boshlaymiz.

Bunga dastlab 300 milliard so‘m ajratilib, mahalliy va xorijiy olimlar, restavratorlar va boshqa eng nufuzli mutaxassislar jalb qilinadi. Ayniqsa, «Ark qo‘rg‘oni»ning bundan 100 yil oldin vayron qilingan qismlari qayta tiklanadi
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, 1920 yilda Buxoro amirligi hududiga Frunze boshchiligidagi qizil armiya bostirib kiradi. Shahar qamali vaqtida aeroplanlardan bomba yog‘diriladi va shahardagi ko‘plab binolar, masjid va madrasalar vayron qilingan edi. Xususan, Ark qo‘rg‘onining aksariyat qismi xarobaga aylangan.

Davlat rahbari shuningdek Buxoroda turizm sohasida yana bir qator ishlar amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:
- Buyuk bobokalonimiz, ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino tug‘ilib o‘sgan Afshona qishlog‘i turizm shaharchasiga aylantiriladi.
- Buxoro shahrida eng zamonaviy jihozlangan tarix muzeyi tashkil etiladi va unda viloyatda mavjud 130 mingdan ziyod eksponatdan, Buxoro tarixining eng noyob durdonalari joylashtiriladi.
- Buxoro shahrida Arxeologiya institutining filiali, Buxoro davlat universitetida alohida kafedra tashkil etiladi.
- Qorako‘l tumanida «Poykent – osmon ostidagi muzey» arxeologik parki tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shavkat Mirziyoyev: "Madaniy ob’ektlarni birma-bir restavratsiya qilishni boshlaymiz"