21:13 / 29.10.2021
2 328

Jo‘rabek birinchi turmushidan ajrashib, yana sevmaganiga uylangani haqida

Jo‘rabek birinchi turmushidan ajrashib, yana sevmaganiga uylangani haqida
Xonanda Jo‘rabek «Birzum tv» YouTube-kanaliga intervyu berdi. Intervyu davomida xonanda shaxsiy hayoti haqidagi savollarga javob berdi.
«Uylanish mavzusiga boshqacha qarardim. Hammasi kinolardagidek bo‘lishini, bir kuni sevib qolib, uylanishni xohlardim. Negadir o‘zbek emas, boshqa millat vakiliga uylanishni xohlardim. Lekin birinchisida ham, ikkinchisida ham bu narsaga tayyor emasdim.

Birinchi marta uylanganimda uydagilar majburlashgan. Ikkinchisida tanlash huquqi bo‘ldi. Uydagilarim qaysi millat vakiliga bo‘lsa ham, uylan, deyishdi. Niyatim koreysga uylanish edi. Koreyslar hech qarimaydi. Har doim chiroyli, yosh bo‘lib yurishadi. Lekin boshqa millatdan so‘kmaydigan va sigaret chekmaydigan qiz topa olmadim.

Ikkinchi ayolimni ‘Odnoklassniki’dan topganman. U jismoniy tarbiya institutida o‘qirkan. U yerda do‘stlarim ishlardi, qo‘ng‘iroq qilib, surishtirdim. Qizni rosa maqtashdi. Keyin uchrashib, tanishdik, gaplashdik. O‘sha jarayonda o‘zimdan boshqa hech kimni sevib qola olmasam kerak, degan fikr keldi. Yaxshisi, shunchaki inson tanlash kerak ekan, deb o‘yladim. U sportchi, qaddi-qomati joyida, sog‘lom qiz bo‘lgani uchun uylanganman.

Boshida sevmay turmush qurib, hayotimizni barbod qildik, deb o‘ylardik ikkalamiz ham. Lekin keyinchalik tushundikki, bu ishni to‘g‘ri qilganmiz. Sevgi qanaqadir ortiqcha narsa ekan turmushda. Sababi sevgan odamingizdan yomon narsa ko‘rsangiz, ko‘nglingiz qolib ketadi. Sevmagan odamingiz bilan bunaqa bo‘lmaydi», — deydi xonanda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jo‘rabek birinchi turmushidan ajrashib, yana sevmaganiga uylangani haqida