4 524
Avaz Oxun ustozi Hojiboy Tojiboyevning o‘limi bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi (video)
Foto: «Daryo»
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev muxlislari orasida uning o‘limi bilan bog‘liq turli gap so‘zlar yuradi.
Hojiboy Tojiboyevning shogirdi, qiziqchi Avaz Oxun «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ushbu gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.
- "Hojiboy Tojiboyevning konsertdagi hazili uchun urishgan ekan, «podval»ga olib kirishgan ekan, degan gaplarni menga ham aytishadi. Hojiboy aka o‘zlari kasal edi, mazalari yo‘q edi. Oxirgi konsertlarida qalin jemferlar kiyib, konsert berganlar.
«Ustoz, jemferingizni yechib qo‘ymaysizmi», deganimda «Menga sog‘lig‘im kerak, bolam», deb sahnaga chiqib ketganlari esimda. Sog‘liqlari yaxshi emas edi. Odamlar gapiraveradi: o‘lmagan odamni, o‘lmagan san’atkorni o‘libdi, deyishadi-ku. G‘iybat bu hammasi", - deydi qiziqchi
Avaz Oxun.
Avaz Oxun Hojiboy Tojiboyev bilan qanday tanishgani, birinchi marotaba sahnaga chiqib, institutda «zvezda» bo‘lgani haqida quyidagi voqealarni esladi.
- "Hojiboy Tojiboyev bilan tanishuvimiz talabalik vaqtimizda bo‘lgan. Ularning konsertiga parda orqasidan borganmiz, tanishganmiz. O‘shanda repertuarlarimizni aytib berganmiz va keyingi kuni konsertga chiqib, birinchi kurs vaqtimda institutda «zvezda» bo‘lganman.
Bir marta institutda konsert qilganimda ularni taklif qilganman. Telefon qilib «Ustoz,institutda konsert berayotgandim, deganimda «Omadingizni bersin, men stomatologda tishimni to‘g‘rilatayotgandim, duo qilib qo‘yamiz», degandilar.
Men u insonga o‘xshab qiziqchilik qilishimni Hojiboy Tojiboyev bilmaganlar. Bir marta o‘zlari sahnaga olib chiqqan vaqtlarida Hamza Umarov, Nabi Rahimov, Soyib Niyozovlarga parodiya qilganimni ko‘rganlar, xolos", - deydi qiziqchi Avaz Oxun.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyev 1955 yil 25 avgust kuni tug‘ilgan. «Buxoro-o-o!», «Kalla qo‘ygan Zidan», «Borma, kuyasan! Ana kuyding!», «Hozir borib sev!», «Yangi boylar va traktorchilar haqida» kabi ko‘plab iboralari va hazillari bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish. Hojiboy Tojiboyev 2008 yili 53 yoshda vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi