Foto: O‘zbekiston milliy kutubxonasi
O‘zbekiston xalq artisti, «Mehnat shuhrati», «El-yurt hurmati» ordenlari hamda «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni sohibi Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Baxtiyor Ixtiyorov sermahsul ijodi davomida «Yor-yor», «Ajoyib hayolparast», «O‘tgan kunlar», «Nodirabegim», «Yettinchi jin», «Abu Rayhon Beruniy», «Yettinchi o‘q», «Shum bola» kabi juda ko‘plab filmlarda ajoyib rollarni ijro etishi bilan bir qatorda o‘zbek teatr san’ati rivojiga ham munosib hissa qo‘shgan.
Marhum 1956 yildan to 2009 yilga qadar turli yillarda Buxoro musiqali teatri, Muqimiy nomidagi musiqali teatri, «Yosh gvardiya» teatri hamda Satira teatri sahnalarida yuzdan ortiq esda qolarli obrazlarni gavdalantirdi, rejissyor sifatida xalqqa manzur spektakllar sahnalashtirdi va ko‘plab shogirdlar yetishtirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi