Foto: «Daryo»
«Million» jamoasi sardori Davron Kabulov «Xalqlar do‘stligi» saroyida «7 yulduz» deb nomlangan konsert dasturini taqdim etmoqda.
Ushbu konsert dasturi 2021 yilning 1—6 aprel kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Respublika maxsus komissiyasining konsertlarda tomoshabinlar umumiy sonining 50 foiziga ruxsat berilishi haqida qarori tufayli «7 yulduz» konserti ham noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
Ayni kunlarda bo‘lib o‘tayotgan «7 yulduz» shou konsertida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqov, Rayhon G‘aniyeva, xonandalar Munisa Rizayeva, Shoxruhxon, Shoxruh reper kabi xonandalarning chiqishi avvaldan ma’lum edi. Qolgan ikki san’atkorning kimligi hozirgacha sir saqlab kelingan.
Sir saqlab kelingan xonandalarning biri O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, yana biri esa Jahongir Otajonov ekani ma’lum bo‘ldi.
Konsert tashkilotchisi Davron Kabulov «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida shou-biznesni tark etgan xonanda Jahongir Otajonovning sahnaga chiqishi, xonandaning konsertdagi ishtiroki haqida gapirib berdi.
- "Jahongir Otajonovning sahnaga chiqishiga hech qanday qarshilik bo‘lmadi. To‘g‘risni aytsam bizning san’atda Jahongir Otajonovdek iste’dod bormi yoki yo‘qmi bilmayman. Haqiqatan talantli, zo‘r ijodkor.
Ularning video murojaatlari menga aloqador emas, bu narsaga aralashmayman va o‘zimga u narsalarni ep ko‘rmayman. Ijodiy tamonlama Jahongir Otajonovning ashula aytmasdan yurishini o‘zbek estradasiga nisbatan jinoyat deb hisoblayman.
«Million» jamoasining konsertida ham jonli ijroni yorib tashlaydigan besh yuz mingta san’atkorimiz yo‘qki, «bittasi ketdi, o‘rniga mingtasi chiqib keladi», deb yursak degan fikrlarni aytib o‘tgan edim. Jonli ijro deganimizda ko‘pchilikning xayoliga birinchi bo‘lib, xonanda Jahongir Otajonov keladi.
Jahongir Otajonov yana ijodga qaytish qarorini qabul qilgan ekan, agar odamlarga yana yaxshi kayfiyat ulasha oladigan ko‘rinishda chiroyli, shov-shuvli, go‘zal bir qaytishlariga sababchi bo‘layotganimiz yaxshi, deb o‘ylayman.
Jahongir Otajonov sahnaga chiqishi, ularning o‘zlari bilan ham, boshqa tashkilotlar bilan ham muammoga sabab bo‘lmadi", - deydi «Million» jamoasi sardori, «7 yulduz» shou dasturi tashkilotchisi Davron Kabulov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»