Hind sanoati vakillaridan kimlar muxlislarini yo‘qotishdan qo‘rqib yoki faoliyatida muvaffaqiyatga erishish uchun turmush qurganini sir tutgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Amir Xon va Rina Datta
Foto: «Bollywoodtime.ru»
Bir-biriga qo‘shni bo‘lgan Amir Xon va Rina o‘smirlik davridayoq bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan. Qiz musulmon bo‘lmagani uchun ularning ota-onalari to‘yga qarshilik qilgan, ammo shunga qaramay, juftlik 21 yoshida turmush qurgan. 1986 yilda ular uyidan qochib ketgan. Ilk «Hukm» (1989) filmi ekran yuzini ko‘rgan vaqti aktyor muxlislarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun uzoq vaqt davomida uylanganini oshkor qilmagan. Birga 16 yil yashagan Amir va Rina 2002 yilda ajrashgan.
Shridevi va Boni Kapur
Foto: «Bollywoodtime.ru»
Shridevi Boni Kapur bilan munosabatlarini homilador bo‘lguniga qadar hammadan yashirgan. Aktrisa Bonining oilasi borligi va o‘zi Mitxun Chakraborti bilan munosabatda ekani sabab avvaliga Kapurga ro‘yxushlik bermagan.
Foto: «Bollywoodtime.ru»
Ammo Mitxun bilan aloqalariga nuqta qo‘yilganidan keyin Kapur bilan uchrashishni boshlagan. Telegraph India nashrining yozishicha, Shridevi va Boni deyarli uch yil davomida turmush qurganini bildirmaslikka harakat qilgan.
Juhi Chavla va Jay Mexta
Foto: «Bollywoodtime.ru»
Juhi Chavla 1992 yildagi suratga olish jarayonida Rakesh Roshan bilan tanishgan. U vaqtda Rakeshning oilasi bo‘lgan. Roshanning rafiqasi Juhining esa onasi vafot etganidan keyin juftlik bir-biriga hamdard bo‘lgan. Ularning turmush qurgani Juhining homiladorligidan keyingina ma’lum bo‘lgan.
Rekha va Vinod Mehra
Foto: «Bollywoodtime.ru»
Mish-mishlarga qaraganda, Rekha va Vinod Mehra oila qurganini nafaqat muxlislari, balki matbuot va ularni turmushiga qarshi bo‘lgan aktyorning onasidan ham yashirgan. Rekxa shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilishni yoqtirmaydiganlardan. Vinodga turmushga chiqqanini rad etishni afzal bilishiga qaramay, uning yaqin do‘stlari buning aksini ta’kidlaydi.
Govinda va Sunita
Foto: «Bollywoodtime.ru»
Karerasining boshida Govinda «Ayb» filmidagi hamkasbi Nilam Kotxariga telbalarcha oshiq bo‘lgan. Suratga tushish davomida orasida sevgi uchquni alanga olgan juftlik, keyinroq yana o‘nga yaqin filmda birga ishtirok etgan.
Foto: «Bollywoodtime.ru»
Nilamga uylanishiga Govindaning onasi qarshilik qilgan va o‘g‘liga Sunita ismli qizni olib bermoqchi bo‘lgan. 1987 yil 11 martda Govinda nafaqat jurnalistlar, balki Nilamdan ham yashirincha Sunitaga uylangan. Stardust jurnaliga bergan intervyusida Nilam karerasiga salbiy ta’sir qilmasligi uchun to‘yini sir tutganini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi