O‘tgan kunlar davomida «Sevimli» telekanalida namoyish etilgan «Sabriya» serialidagi sahna ko‘rinishi yuzasidan turli e’tirozlar bo‘lgan edi. Kinematografiya agentligi ushbu serialga aloqasi borligi haqidagi xabarlarni inkor etib chiqdi va rasmiy bayonot berdi.
«So‘nggi paytlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan «Sabriya» teleseriali Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinmagan va davlat mablag‘lari yuqoridagi serialga yo‘naltirilmagan. Mazkur serialning Kinematografiya agentligiga aloqasi yo‘q.
Ushbu seriallar xususiy studiyalar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarilgan va Kinematografiya agentligi Badiiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan. Agentlik Badiiy kengashi davlat buyurtmasiga binoan suratga olingan mahsulotlarni hamda kinoteatrlarda namoyish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilingan filmlarnigina ko‘rib chiqish vakolatiga ega.
Agentlik bu kabi barcha ayblovlarni inkor qiladi va omma fikrini chalg‘itmaslikka chaqiradi», — deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu serial bo‘yicha yuzaga kelgan holatdan so‘ng «Sevimli» telekanali ta’sischilarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Xo‘jayev va bosh muharrir Q.Saydaliyevni o‘z vazifasidan ozod etish qarori qabul qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi