2 766
Rejissyor Dilshod Ahmedov Luiza Rasulovani serialidan haydagani haqida so‘zlab berdi
Taniqli rejissyor Dilshod Ahmedov «Omon-omon» dasturiga bergan instervyusida Luiza Rasulovani nima sababdan pulini bermay serialdan haydagani haqida so‘zlab berdi.
«Luiza Rasulovani ‘Vijdon azobi’ degan serialga taklif etganmiz. Aktrisaning gonorarini arzimagan summada kelishgan edik. Lekin Luiza Rasulova kerakli sahnalarda bir kun oldin telefon qilinib, ogohlantirilsa ham, ertasi kuni telefonni o‘chirib qo‘ygan. Matyoqub Matchonov, Mirolim Qilichevlar yig‘ilishgan, Luiza yo‘q, rosa qiyin ahvolga tushganmiz. Xullas, eng shirin joylarini s’yomka qila olmay qolganmiz. Shundan keyin, unga kelishilgan gonorarni bermayman, chunki sen mana bu kunlarga kelmaganing uchun jarima hisobida deb, ora ochiq bo‘lgan», – deydi Dilshod Ahmedov.
Shuningdek, rejissyor Luiza Rasulova uning «Fitna» serialida rol ijro etishni xohlagani, biroq Dilshod Ahmedovga aktrisaning ushbu taklifini rad etganini ham aytib o‘tdi.
«Undan keyin ‘Fitna’ seriali cho‘qqiga chiqqan paytda, bu narsaga yon-atrofimdagilar ham guvoh, rosa telefon qilib, kerak bo‘lsa ko‘rishdik ham: Meni ‘Fitana'ga chaqiring, o‘ynating, dedi. Xullas, men rol bermadim. Luizani men rolga olmaganimdan keyin, u: ‘Men Dilshod Ahmedovda o‘ynamayman’, debdi. Endi, o‘ynamaydi-da, olmaganimdan keyin. To‘g‘risi, unga nisbatan cheklov menga qo‘yilmagan. Men qo‘yganman ko‘proq cheklovni, o‘zimni hurmat qilmasa ham, yonimizdagi jamoani hurmat qilishi kerak edi. Kelmay qolgan u, o‘zi biladi. Buni to‘g‘ri qabul qilaman, uni men olmayman, u menda o‘ynamaydi. Bu normal holat», – deydi rejissyor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas