23:45 / 18.02.2015
10 321

Variety: “Karib dengizi qaroqchilari” filmining beshinchi qismini tasvirga olish jarayonlari Avstraliyada boshlab yuborildi

Variety: “Karib dengizi qaroqchilari” filmining beshinchi qismini tasvirga olish jarayonlari Avstraliyada boshlab yuborildi

Avstraliyaning Kvinslend shahrida “Karib dengizi qaroqchilari” filmining yangi – beshinchi qismini tasvirga olish jarayonlari boshlandi, deb xabar berdi Variety nashri'ga asoslanib Kun.uz. Yangi filmda aktyor Jonni Depp yana Jek chittak rolini ijro etadi. Bu gal Deppning qahramoni aktyor Xaver Bardem ijrosidagi Salazar kapitani boshchilik qiladigan qaroqchi-ruhlarni mag‘lub etish uchun dengiz xudosi Poseydonning uch ayrili nayzasini qidirishi kerak bo‘ladi.

Filmning to‘liq nomi “Karib dengizi qaroqchilari: murdalar ertak aytmaydilar” deb ataladi. Bu franshiza uslubidagi filmga aktyor Orlando Blum ham qaytadi, u yana Uill Terner rolini ijro etadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Blum ijrosidagi qahramonning o‘z o‘g‘li bilan munosabatlari yangi filmning markaziy mavzularidan biri bo‘ladi. Uill Ternerning o‘g‘li rolini Brenton Tueytes ijro etadi.

Filmga Jerri Brukxaymer prodyuserlik, “Kon-Tiki” filmi orqali tanish bo‘lgan Xoakim Ronning va Espen Sandberglar rejissyorlik qiladi. “Karib dengizi qaroqchilari” filmining yangi qismi 2017 yilning 7 iyulida ekranlarga chiqariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Variety: “Karib dengizi qaroqchilari” filmining beshinchi qismini tasvirga olish jarayonlari Avstraliyada boshlab yuborildi