07:55 / 02.02.2022
3 173

«Kinoteatr» telekanalida efirga uzatilgan ochiq sahnalar ortidan mas’ul shaxs ishdan bo‘shatildi

«Kinoteatr» telekanalida efirga uzatilgan ochiq sahnalar ortidan mas’ul shaxs ishdan bo‘shatildi
AOKA «Kinoteatr» telekanalida efirga uzatilgan «Baunti» filmidagi ochiq sahnalar yuzasidan ekspertlar jalb qilingan holda o‘rganish olib borilayotgani haqida xabar berilgandi. Agentlik holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan «Kinoteatr» telekanali Efirga tayyorlash guruhi mas’uli A.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Shuningdek, telekanal mutasaddi rahbari N.B.ga hayfsan jazosi qo‘llanilgan.

Telekanal Badiiy kengashi tomonidan teledasturlar saviyasi ekspertlar ishtirokida atroflicha va tanqidiy ruhda muhokama qilingan. Kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tashkiliy, ijodiy-texnik chora-tadbirlar belgilangan.

Avvalroq itimoiy tarmoqlarda «Sevimli» telekanalida efirga uzatilayotgan «Sabriya» serialidagi axloqsiz sahna aks etgani aytilgan kadr tarqalgani, AOKA holat nazoratga olinib, tekshiruv ishlari boshlangani ma’lum qilingandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi serialdagi axloqsizlik sahnalari yuzasidan ekspertiza o‘tkazdi. Ekspertiza natijalari ko‘ra, lavha syujetidagi o‘g‘rining ayolga qilgan xatti-harakatlari kuch ishlatish yo‘li bilan nomusiga tegishga urinish sahnasi sifatida baholandi.

Bunday teleseriallarning namoyish etilishi yoshlar o‘rtasida xotin-qizlarga nisbatan kuch ishlatishga moyillikni oshirishga xizmat qiladi. «Sabriya» nomli milliy teleserial bo‘yicha tayyorlangan ekspertiza xulosasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish va huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga jo‘natilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Kinoteatr» telekanalida efirga uzatilgan ochiq sahnalar ortidan mas’ul shaxs ishdan bo‘shatildi