11:27 / 02.02.2022
1 300

Amir Temur qonxo‘r sifatida ta’riflangan videorolikka Turizm va sport vazirligining munosabati

Amir Temur qonxo‘r sifatida ta’riflangan videorolikka Turizm va sport vazirligining munosabati
Kadr: YouTube
Ijtimoiy tarmoqlarda «Indiana Jons O‘zbekistonda» nomli videorolik keng tarqaldi. Ba’zilar bunga «Turizm va sport vazirligi tashabbusi bilan» deya izoh bermoqda. Vazirlik matbuot xizmati holatga munosabat bildirib, ushbu videorolik Turizm va sport vazirligi tashabbusi bilan tasvirga olinmaganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, rolik mualliflari bilan bu bo‘yicha hech qanday kelishuv ham bo‘lmagan.

«Vazirlik videorolik avvalida sohibqiron Amir Temur haqida aytilgan fikrlarga xayrixoh emas. Shunday bo‘lsa-da, qayd etish joizki, videoroliklarda tomoshabinning e’tiborini jalb qilish uchun ham ‘badiiy to‘qima’ qo‘llangan bo‘lishi mumkin, bu auditoriyani jalb qilish maqsadida tez-tez ishlatiladigan uslubdir. Videorolikning o‘zini umumiy oladigan bo‘lsak, bu kabi videolar mamlakatimizning turistik salohiyatini targ‘ib qilishda ijobiy xizmat qiladi», — deyiladi munosabatda.

Turizm va sport vazirligi OAV vakillari va blogerlardan odamlarni chalg‘ituvchi, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatmaslikka, savol tug‘ilgan taqdirda, vazirlik matbuot xizmatiga murojaat qilib, aniqlik kiritishga chaqirgan.

«Shu o‘rinda mazkur videorolik bo‘yicha savollar bilan rolik mualliflariga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlagan holda, Turizm va sport vazirligi sohani rivojlantirish yo‘lida xizmat qiluvchi qiziqarli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ma’lum qilamiz», — deya qayd etiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amir Temur qonxo‘r sifatida ta’riflangan videorolikka Turizm va sport vazirligining munosabati