Qo‘shiqchi Sanjay o‘zining kumush taqinchoqlarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida ma’lum qilgan.
«Sotiladi, umumiy og‘irligi 1800 gramm!!! Hech qachon sotishga majbur bo‘laman deb o‘ylamagandim, biroq shunday qilish kerak ekan»,—deya yozgan qo‘shiqchi o‘zining sahifasida.
So‘zlariga ilova qilib taqinchoqlar suratini joylashtirgan.
Avvalroq Sanjay mualliflik huquqini buzganligi uchun shoir Usmon Azimga jami 94 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘lashi lozimligi sudning qarori bilan tasdiqlangandi.
Mazkur ishni ko‘rib chiqish davomida fuqaro Sanjar Javberdiyevning shoir Usmon Azim qalamiga mansub «Karvon» nomli she’rdan muallifning roziligini olmagan holda, xususan, kelishuvga erishmasdan yoki shartnoma tuzmasdan foydalanib «Karvon» nomli qo‘shiq ijro etganligi hamda internet orqali ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganligi o‘z tasdig‘ini topgan.
Sanjar Javberdiyevdan shoir Usmon Azim foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (54 mln. so‘m) miqdorida tovon puli va 40 mln. so‘m miqdorida ma’naviy zararni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi