1 130
Moddiy-madaniy meros ob’ektlariga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
«Moddiy-madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun 15 fevral kuni prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (moddiy-madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish)ga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ob’ektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish:
- takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
- bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (ilgari 3 yilgacha edi).
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Ushbu huquqbuzarlikni sodir etganlik:
- fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha);
- mansabdor shaxslarga esa 5 baravarigacha (1 million 350 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuratura tomonidan mamlakat bo‘yicha so‘nggi uch yilda 320 ta moddiy madaniy meros ob’ektida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlari hujjatlari o‘rganilgan va ko‘plab qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangandi. Jumladan, birgina Sitorai Mohi Xosa tarixiy majmuasida restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani natijasida uning badiiy bezaklari, naqsh, koshinlari nobud qilinib, tarixiy va badiiy qiymatiga jami 28 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mavjud muammolarning qonuniy yechimini belgilash maqsadida «Moddiy-madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqilgan va Senat tomonidan ma’qullangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi