
Shoir Yoʻlchi Roʻziev va xonanda Yulduz Usmonova oʻrtasidagi mualliflik huquqiga doir ish Oliy sudda ham koʻrib chiqildi.
Deputat Rasul Kusherbaevga koʻra, ish shoir Y.Roʻziev foydasiga hal etilib, Yu.Usmonovaning shikoyati qanoatlantirishdan rad etildi.
Eslatib oʻtamiz, Mirzo Ulugʻbek tumanlararo fuqarolik sudi Yulduz Usmonovadan shoir foydasiga «Xasta boʻlma» nomli she'ridan mualliflik huquqini buzib foydalangani uchun tovon puli va ma'naviy zarar undirish haqida qaror chiqargandi.
Unga koʻra, Yulduz Usmonovadan da'vogar Yoʻlchi Roʻzievga 50 million soʻm ma'naviy zarar uchun kompensatsiya, bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobar miqdorida (135 million soʻm) yetkazilgan zarar hisobiga tovon puli undirish belgilangan.
Soʻngra Yulduz Usmonova Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati kiritgan.
Toshkent shahar sudi birinchi instantsiya sudi qarorini koʻrib chiqib, oʻz kuchida qoldirish haqida qaror qabul qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar