Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov san’at va madaniyat vakillarining axloqi, sahna madaniyati, etika qoidalariga rioya qilishiga oid juda ko‘plab murojaatlar kelayotgani va ularga qanday chora ko‘rilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozadi O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda san’at ahlining ayrim vakillari «ramka»ga to‘g‘ri kelmaydigan chiqishlari bilan ommani o‘ziga qaratmoqda. Sahna madaniyatini, etika qoidalarini unutayotgan, tomoshabinga nisbatan qo‘pol munosabatini ochiqdan ochiq namoyish etayotgan vakillar ham yo‘q emas.
Ozodbek Nazarbekov Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan eshituvida bu borada vazirlik tomonidan qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga to‘xtalib o‘tgan.
- "Haqiqatan ham vazirligimizga san’at va madaniyat vakillarining axloqi, sahna madaniyati, etika qoidalariga rioya qilishiga oid juda ko‘plab murojaatlar keladi. Bu borada «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi Badiiy kengash qarori bilan o‘sha san’atkorlarning sahnaga, telekanallarga chiqishiga taqiq qo‘yish yoki litsenziyasini olib qo‘yish bilan jazo choralari ko‘riladi.
Ammo hozir bilamizki, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham bemalol o‘z ijod namunalarini tarqatish mumkin. Qolaversa, xususiy telekanallar ham mustaqil. Madaniyat vazirligi bilan faqat O‘zMTRK hisoblashishi mumkin. Ya’ni bizning taqiqlarimizni MTRK tarkibidagi telekanallar inobatga oladi, xususiy telekanallarga ta’sir qila olmaymiz. Kliplarni efirdan oldirib tashlash bizning vakolatimizda emas.
Bu borada maxsus bir jamoatchilik kengashini tashkil etish taklifini bildirmoqchiman. U kim bo‘lishidan qat’i nazar, millat ma’naviyatiga zid chiqishlar qiladimi, albatta, ana shunday kengashlar tomonidan tartibga solinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi", - dedi Ozodbek Nazarbekov.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «Sevimli» telekanalida efirga uzatilayotgan «Sabriya» serialidagi axloqsiz sahna aks etgani aytilgan kadr tarqalgani, AOKA holat nazoratga olinib, tekshiruv ishlari boshlangani ma’lum qilingandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi serialdagi axloqsizlik sahnalari yuzasidan ekspertiza o‘tkazdi. Ekspertiza natijalari ko‘ra, lavha syujetidagi o‘g‘rining ayolga qilgan xatti-harakatlari kuch ishlatish yo‘li bilan nomusiga tegishga urinish sahnasi sifatida baholandi.
Bunday teleseriallarning namoyish etilishi yoshlar o‘rtasida xotin-qizlarga nisbatan kuch ishlatishga moyillikni oshirishga xizmat qiladi. «Sabriya» nomli milliy teleserial bo‘yicha tayyorlangan ekspertiza xulosasi o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish va huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga jo‘natilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi