
Foto: «Kinoafisha.info»
Roppa-rosa uch yildan buyon muxlislar aktrisaning ekranlarga qaytishini kutayotgan edi. «Muhatasham yuz yil» yulduzi Maryam Uzerli yangi loyiha haqida gapirib, muxlislarni hayratda qoldirdi. Ma’lum bo‘lishicha, suratga olish ishlari 2022 yilning kuzida boshlanadi.
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u hozirda striming-platformalardan biri uchun yaratilayotgan 10 qismli filmdagi yangi rolga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ammo u loyiha tafsilotlarini oshkor qilmadi, shuningdek, 2023 yilda tomoshabinlar uning ijrosidan bahramand bo‘lishlarini aytib o‘tdi.
«Bu ajoyib ish va ajoyib personaj bo‘ladi», — deydi Uzerli ET bilan suhbatda.
Ushbu loyiha aktrisaning «Muhtasham yuz yil» tarixiy serialidan keyingi ilk keng ko‘lamli ishi bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, 2022 yil avval Maryam «Ari uyasi» filmida ham bosh rolni ijro etgan. To‘g‘ri, film jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilingan bo‘lsa ham muvaffaqiyatga erishmadi. Muxlislarning ishonchi komilki, endi aktrisa o‘zining iste’dodini yana bir bor namoyon qilish imkoniyatiga ega, chunki ko‘plab mutaxassislar Uzerlini bir ampuladagi rollar ijrochisi deb hisoblashni boshlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar