22:20 / 27.04.2022
1 096

Ozodbek Nazarbekov: «Andijon polkasini YUNЕSKO ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha harakatlar boshlangan»

Ozodbek Nazarbekov: «Andijon polkasini YUNЕSKO ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha harakatlar boshlangan»
Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati
25-30 aprel kunlari Xiva shahrida o‘tkazilayotgan «Lazgi» xalqaro raqs festivali doirasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov OAV vakillarining qator savollariga javob qaytardi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Nazarbekov intervyu davomida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning o‘zini haqiqiy andijonlikman deb bilganlarga har kuni «Andijon polkasi»ga raqsga tushish topshirig‘iga nisbatan munosabat bildirarkan, «Bu juda ham yaxshi tashabbus, buni qo‘llab-quvvatlayman», deya javob bergan.

Shuningdek, u «Andijon polkasi»ni O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritish borasida harakatlar boshlangani va bu davom etayotganini qayd etgan.

«Nomoddiy madaniy meroslarimizni YUNЕSKOga kiritish maqsadida har yili tashkilotga yangi-yangi ro‘yxatlar kiritib, takliflarimizni bildirib boramiz. Oxirgi paytlarda bir qancha noyob meroslarimiz qatori «Andijon polkasi» ham taklif qilinmoqda. Jarayon allaqachon boshlangan va bu davom etyapti. O‘ylaymanki, YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasi yaqin yillar ichida«Andijon polkasi»ni ham ro‘yxatga olish bo‘yicha qaror chiqaradi. Bu raqsimiz ham tarixga muhrlanadigan asarlardan biri», — degan madaniyat vaziri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov: «Andijon polkasini YUNЕSKO ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha harakatlar boshlangan»