date
views 1 147

10 may kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yomgʻir yogʻadi

10 may kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yomgʻir yogʻadi
Gidrometeorologiya xizmati markazi seshanba kuni qanday ob-havo kutilayotgani toʻgʻrisida ma'lumot berdi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 23-25 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba'zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba'zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba'zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba'zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 10 may kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida yomgʻir yogʻadi