«O‘zgidromet» tomonidan dunyoning yetakchi prognostik markazlari hisob-kitoblarini jalb qilgan holda tuzilgan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2022 yilning iyun oyi o‘rtacha issiq bo‘ladi.
Markaz sinoptiklariga ko‘ra, iyun oyida o‘rtacha oylik harorat me’yor atrofida, respublika shimoli bo‘yicha ba’zi joylarda asosan me’yordan 1-2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oy davomida respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida kunduz kungi harorat 29-32 darajadan 36-39 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida eng issiq davrlarda havo harorati 40-42 darajagacha ko‘tariladi.
Qayd etilishicha, 2019 yil iyun oyi Toshkentda havo harorati deyarli oy davomida 29-34 daraja atrofida bo‘lgan, oy oxirida 35-37 darajagacha ko‘tarilgan. 2020 yil iyun oyi uncha issiq bo‘lmagan. Xususan, Toshkentda havo harorati faqat bir marta 40 darajaga yetgan.
2021 yil iyun oyi esa anomal issiq bo‘ldi. Ko‘pchilik viloyatlarda O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq, ba’zi joylarda esa juda issiq oy bo‘ldi. Respublikaning ayrim hududlarida barcha meteorologik kuzatuvlar qatorlari bo‘yicha iyun oyi uchun maksimal havo haroratining rekordlari o‘rnatildi.
Ushbu yilning iyun oyida yog‘ingarchilik me’yordan kam, markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Umuman olganda, Markaziy Osiyoda yoz qurg‘oqchilik bilan ajralib turishiga qaramay, O‘zbekistonda iyun oyida ba’zan mahalliy xususiyatga ega jadalligi biroz bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘adi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida iyun oyida kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi eng xafli deb hisoblanadi, chunki ular sel va suv toshqinlari o‘tishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Keyinchalik, yozning oxirigacha o‘rtacha harorat me’yor atrofida va me’yordan deyarli yuqori bo‘lishi taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi