14:44 / 06.06.2022
1 319

Hafta davomida havo issiq bo‘lishi kutilmoqda

Hafta davomida havo issiq bo‘lishi kutilmoqda
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, ertadan boshlab janubdan Turkmaniston orqali juda issiq havo oqimlari chiqishi boshlanadi. O‘zbekiston hududida kundan-kunga issiq kuchayib, payshanba kuni 38-39 daraja issiq atrofida, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida 40-42 daraja issiqqacha bo‘ladi, bu ushbu davr uchun me’yordan 5-6 darajaga yuqoridir.

Juma kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan kuchsiz havo oqimlarini kirib kelishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu kuni havo harorati 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

7-9 iyun kunlari shimoliy va cho‘l hududlarida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, 10 iyunda respublika bo‘ylab ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Hafta davomida havo issiq bo‘lishi kutilmoqda