Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 11 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida siyosiy partiyalar fraksiyalari takliflari asosida maromiga yetkazilgan uchta qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, majlisda deputatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqilgan. Unga ko‘ra, qonunga Saylov kodeksiga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgartishlardan kelib chiqqan holda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar vakolatlarini aniqlashtirish, komissiyalar qarorlari yuzasidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish, kuzatuvchilarning huquqlarini kengaytirish va boshqa bir qator tuzatishlar kiritish nazarda tutilgan.
Shuningdek, «Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi va «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi qonunlar to‘ldirilib, bir qator qoidalar o‘rnatish belgilangan.
Deputatlar yuqoridagi uchta qonun loyihalarini «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi yagona qonun loyihasiga birlashtirib, uchinchi o‘qishda qabul qilgan.
Qonunchilik palatasi majlisi jonli efirga uzatilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...