date

Toshkentdagi bekatlardan birida telefonlarni quvvatlab olish mumkin

Toshkentdagi bekatlardan birida telefonlarni quvvatlab olish mumkin

Metroning «Oybek» stansiyasi yaqinidagi avtobus bekatidan foydalanuvchi Toshkent jamoat transporti yo‘lovchilari uchun mobil qurilmalarni quvvatlab olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.

Loyiha shaharda to‘xtash komplekslarini o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi JCDecaux UZ agentligi tomonidan Bravo Pharma farmasevtika firmasi reklama kampaniyasi doirasida amalga oshirildi.

JCDecaux UZ`ning «Gazeta.uz»ga xabar qilishicha, bu O‘zbekiston poytaxtidagi telefon va boshqa gadjetlarni quvvatlash mumkin bo‘lgan ilk bekat hisoblanadi. Buning uchun yuqori darajadagi gavjum bo‘lgan joy — yaqinida metro stansiyasidan tashqari oliy ta’lim muassasalari va boshqa muassasalar o‘rin olgani inobatga olindi.

Reklama beruvchilarni shu turdagi namuna qiziqtirgan taqdirda, boshqa bekatlar ham shunday qurilma bilan jihozlanishi ta’kidlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi bekatlardan birida telefonlarni quvvatlab olish mumkin