date

O‘zbekistondagi har bir bino seysmologik chidamlilikka tekshiriladi

O‘zbekistondagi har bir bino seysmologik chidamlilikka tekshiriladi

O‘zbekistonda aholi, sanoat, turar joy va ijtimoiy ob’ektlarni zilzila xavfidan saqlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilmoqda. Bu haqida favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Komiljon Oripov ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Hindikush mintaqasidagi bir qator er silkinishlaridan keyin, shu bilan birga aholining mamlakatdagi seysmologik faollikdan xavotirga tushganini inobatga olib, O‘zbekiston hukumati aholi va binolarni xavfsizlik bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqishni topshirdi.

"Turli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat 40 kishilik maxsus ishchi guruh tuzildi, ular respublika hududi va aholini zilziladan saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqishdi. Mazkur hujjat shuningdek, "Seysmologik xavfsizlik haqida"gi yangi qonun loyihasini ham ko‘zda tutmoqda", - deya ta’kidladi FVV vakili.

Hozirda dastur kelishuvning so‘nggi bosqichida, uning davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirilishi masalalari muhokama qilinmoqda. Hukumat tasdiqlaganidan keyin aniq parametrlar bo‘yicha ish boshlanadi.

Tayyorlanayotgan hujjatning eng muhim aspektlaridan biri - O‘zbekistonda joylashgan barcha binolarni istisnosiz seysmochidamlilikka pasportizasiya qilish va tekshiruv mexanizmini ishlab chiqish. Buning natijasida mutaxassislar ob’ektlarning hozirgi holati va ularning seysmologik faollikka qarshi chidamliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishni rejalashtirishmoqda.

Bunday tajriba O‘zbekistonda 2010-2015 yillarda barcha umumta’lim maktablari doirasida o‘tkazilgan, bu esa 10 000 bino degani. Tadqiqotlar natijasida 4,3 foiz maktablarni buzib yangitdan qurish, 24,2 foizini kapital ta’mirlash, 29,3 foizini rekonstruksiya qilish va 42,2 foizini joriy ta’mirdan chiqarish kerakligi ma’lum bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistondagi har bir bino seysmologik chidamlilikka tekshiriladi