Agrar universiteti olimlari og‘irligi 1 kilogrammli limon navini yaratishdi

Agrar universiteti olimlari og‘irligi 1 kilogrammli limon navini yaratishdi
Agrar universiteti olimlari og‘irligi 1 kilogrammli limon navini yaratishdi

Toshkent davlat agrar universiteti olimlari to‘qqizinchi hududiy innovasion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida mevasining og‘irligi 1-2 kilogrammgacha yetadigan yangi limon navini namoyish etishdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.

Yangi texnologiyalar asosida yetishtirilgan ushbu meva navi ekilganidan to‘rt yil o‘tib hosil bera boshlaydi. Oddiy limon navi esa besh yilda hosil beradi. Yangi nav yuqori hosildorligi bilan ham ajralib turadi – bir gektar yerdan 70-75 tonna limon yetishtirish mumkin.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar