date

Toshkentdagi 104 ta mahallaga yangi nom berildi

Toshkentdagi 104 ta mahallaga yangi nom berildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 21 aprelda qabul qilingan “Toshkent shahridagi ba’zi geografik ob’ektlar nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risida”gi qaroririga muvofiq Toshkent shahridagi ayrim geografik ob’ektlarning nomlari o‘zgartirildi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, poytaxtdagi jami 104 mahallaning nomi takror uchrashi va mazmunan ko‘cha nomiga to‘g‘ri kelmasligi sabab boshqa nomlarga o‘zgartirilgan. Mahallalarga berilgan yangi nomlar o‘sha joyning tarixiy nomi yoki hududdagi asosiy ko‘chalar nomidan kelib chiqqan holda tanlangani aytilgan.

Bundan tashqari, poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan sobiq “Oymoma” madaniyat va istirohat bog‘iga ham “Nurafshon” nomi berildi.

Demak, poytaxtdagi nomlari o‘zgargan mahallarning ro‘yxati bilan tanishing.

Bektemir tumani bo‘yicha:

1. Istiqbol – Iqbol (yangi)

Mirzo-Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

2. Ahmad Yassaviy – Buyuk ipak yuli (yangi)

3. Bobur – Gulsanam (yangi)

4. Gulzor – Sultoniya (yangi)

5. Guliston – Podshobog‘ (yangi)

6. Navro‘z – Minglola (yangi)

7. Salor – Asaka (yangi)

8. Umid – Bog‘imaydon (yangi)

9. Yangi hayot – Chimyon (yangi)

10. Yalang‘ochota – Kamolot (yangi)

11. Bo‘z-2 – Bo‘z (yangi)

12. Oltintepa-10 – Oltintepa (yangi)

Mirobod tumani bo‘yicha:

13. Do‘stlik – Zaminobod (yangi)

14. Istiqlol – Istiqlolobod (yangi)

15. Matonat – Bayot (yangi)

16. Mustaqillik – Yuksalish (yangi)

17. Navbahor – Banokatiy (yangi)

18. Olmazor – Ziyonur (yangi)

19. Sharq yulduzi – Tong yulduzi (yangi)

20. O‘zbekiston – Farovon (yangi)

21. Bahor – Inoqobod (yangi)

22. Bog‘ishamol – Lolazor (yangi)

Olmazor tumani bo‘yicha:

23. Alisher Navoiy – Quyosh (yangi)

24. Beruniy maydoni – Orzu (yangi)

25. Bo‘ston – Bo‘stonobod (yangi)

26. Do‘stlik – Gulsaroy (yangi)

27. Ismoil Shoshiy – Abu Bakr Shoshiy (yangi)

28. Istiqlol – Hazrati Imom (yangi)

29. Komiljon G‘ofurov – Yangi Toshkent (yangi)

30. Navbahor – Oltinsoy (yangi)

31. Obod – Tepaguzar (yangi)

32. Taxtapul – Yuqori Sebzor (yangi)

33. Shodlik – Shodiyona (yangi)

34. Shuhrat – Shon-shuhrat (yangi)

35. Beshqo‘rg‘on – Yuqori Beshqo‘rg‘on (yangi)

36. Ahmad Yassaviy – Chamanbog‘ (yangi)

Sergeli tumani bo‘yicha:

37. Alisher Navoiy – Jo‘nariq (yangi)

38. Amir Temur – Sohibqiron (yangi)

39. Bahor – Daryobo‘yi (yangi)

40. Bobur – Ziynat (yangi)

41. Guliston – Madadkor (yangi)

42. Jomiy – Shukrona (yangi)

43. Mustaqillik – Charog‘on (yangi)

44. Navro‘z – Navqiron (yangi)

45. Obod – Asrobod (yangi)

46. Temiryo‘lchi – Sofdil (yangi)

47. Tinchlik – Ezgulik (yangi)

48. Shukur Burxonov – Mehrigiyo (yangi)

49. Yangihayot – Nurhayot (yangi)

50. Oqibat – Saxovat (yangi)

51. Obihayot – Sug‘diyona (yangi)

52. Polvonyor – Viqor (yangi)

53. Hayotobod – Chorbog‘ (yangi)

Uchtepa tumani bo‘yicha:

54. Al-Xorazmiy – Yangiyo‘l (yangi)

55. Qovunchi – Diydor (yangi)

Chilonzor tumani bo‘yicha:

56. Bog‘iston – Bog‘zor (yangi)

57. Do‘stlik – Dilobod (yangi)

58. Mavze-8 – Nafosat (yangi)

59. Tinchlik – Xonto‘pi (yangi)

60. Hamza – Beshchinor (yangi)

61. Olmazor – Katta Olmazor (yangi)

62. No‘g‘ayqo‘rgon – Zarqo‘rg‘on (yangi)

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

63. Islomobod – Ko‘kcha Darvoza (yangi)

64. Novza – Charxnovza (yangi)

65. Oqtepa – Katta Jarariq (yangi)

66. Cho‘ponota – Katta Oqtepa (yangi)

Yunusobod tumani bo‘yicha:

67. Guliston – Tiklanish (yangi)

68. Do‘stlik – Qadrdon (yangi)

69. Mingo‘rik – Bo‘zsuv (yangi)

70. Navro‘z – Billur (yangi)

71. Nodirabegim – Yurtobod (yangi)

72. Oybek – Muruvvat (yangi)

73. Oqibat – Iftixor (yangi)

74. Oqqo‘rg‘on – Bog‘ibo‘ston (yangi)

75. Tinchlik – Sevinch (yangi)

76. Turon – Buyuk Turon (yangi)

77. Umid – Xalqabog‘ (yangi)

78. Chinor – Mingchinor (yangi)

79. Choshtepa – Shoshtepa (yangi)

80. Shodlik – Yo‘layriq (yangi)

81. Yangiobod – Yangibog‘ (yangi)

82. Ittifoq – Beg‘ubor (yangi)

Yakkasaroy tumani bo‘yicha:

83. Turkiston – Bog‘saroy (yangi)

84. Usmon Nosir – Muhandislar (yangi)

85. O‘rikzor – Rakatboshi (yangi)

86. Yakkasaroy-2 – Meros (yangi)

87. Abdulla Avloniy – Belariq (yangi)

88. Alisher Navoiy – Xosiyatli (yangi)

89. Bahor – Dilbog‘ (yangi)

90. Binokor – Uysozlar (yangi)

91. Bobur – Barkamol (yangi)

92. Guliston – Shohimardon (yangi)

93. Do‘stlik – Do‘stobod (yangi)

94. Qo‘yliqota – Qo‘yliqobod (yangi)

95. Mirzo Ulug‘bek – Alimkent (yangi)

96. Muqimiy – Mumtoz (yangi)

97. Mustaqillik – Semurg‘ (yangi)

98. Mustaqillikning 10 yilligi – Tong (yangi)

99. Navro‘z – Navro‘zobod (yangi)

100. Taraqqiyot – Shirinobod (yangi)

101. Umid – Ko‘ksaroy (yangi)

102. Usmon Nosir – Vatandosh (yangi)

103. Yangiobod – Shohsanam (yangi)

104. Harbiylar – Fidoyilar (yangi)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi 104 ta mahallaga yangi nom berildi