
O‘zbekistonga 22-26 oktabr kunlari Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Aytilishicha, respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda. Barcha hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
23-26 oktabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
21-22 oktabr va 25 oktabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 23 oktabr va 26 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha esadi.
26 oktabrda esa shamol ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar