date

O‘zbekistonda yangi bolalar tibbiy markazi quriladi

O‘zbekistonda yangi bolalar tibbiy markazi quriladi

2016 yilning ikkinchi yarmida O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida 130,5 million dollar qiymatga ega bolalar tibbiy markazi qurilishi boshlanadi. Bu haqda "Kun" nashri ma’lum qildi.

O‘zbekiston hukumati aprelning oxirida Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan to‘rtinchi darajali ko‘p tarmoqli bolalar kasalxonasining qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy hisobotini tasdiqladi.

Hujjatga ko‘ra, shifoxona 280 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘ladi. Yangi tibbiy markaz yiliga 1,5 ming jarrohlik operasiyasini amalga oshiradi. Dastlab bu loyihani 2015 yilda amalga oshirish rejalashtirilgandi. Berilgan muddat - ikki yil.

Qurilishning moliyalashtirish ishlari 2014 yilda Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi (EDCF) tomonidan taqdim etilgan 102,8 million dollar hajmdagi hamda O‘zbekiston tomondan - 27,7 million dollar pul vositasi orqali ro‘yobga chiqariladi.

Hujjatga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 130582 ming dollarga teng. 109801 ming dollar mablag‘ quyidagi maqsadlarda sarflanadi:
- Mashina va uskunalar - 36173,41 ming dollar;
- Qurilish-montaj ishlari - 35384,13 ming dollar;
- Investisiya davridagi moliyaviy xarajatlar - 294,50 ming dollar.

Loyihaga binoan shifoxona jahon standartlariga javob beruvchi yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlanadi, mutaxassislar Janubiy Koreyaning etakchi klinikalarida malaka oshirishi ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yangi bolalar tibbiy markazi quriladi