16:46 / 14.11.2022
1 290

O‘zgidromet: Harorat me’yoridan 8-10 darajaga pasayadi

O‘zgidromet: Harorat me’yoridan 8-10 darajaga pasayadi
O‘zbekiston bo‘yicha 14-18 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 15 noyabrda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishida Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, Ustyurtda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas. Havo harorati me’yor atrofida saqlanib turadi.

16 noyabrda sovuq havo massasi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati 5-7 daraja iliqgacha pasayadi, bu ushbu kunning me’yoridan 8-10 darajaga pastdir.

17 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin sovuq havo massasining ta’siri saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja sovuqgacha pasayadi, kunduzi quyosh hisobiga 8-10 daraja iliqgacha isiydi.

18 noyabrda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Hafta davomida respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

14-15 noyabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamolning kuchayishi 25-28 m/sga yetishi mumkin.

14-18 noyabr kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 15-16 noyabrda Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin, buning hisobiga tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zgidromet: Harorat me’yoridan 8-10 darajaga pasayadi