13:10 / 16.11.2022
1 070

Akbar Toshqulov adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Akbar Toshqulov adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Akbar Jo‘raboyevich Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

Akbar Toshqulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist» unvoni bilan taqdirlangan.

U o‘z mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

Akbar Toshqulov adliya organlari tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan bo‘lib, 2005-2013 yillarda Surxondaryo viloyat, 2013-2017 yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmalari boshlig‘i, 2017-2021 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2021 yil 10 dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangandi.

15 noyabr kuni 2017 yildan buyon Adliya vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Ruslanbek Daletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Akbar Toshqulov adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi