Jizzax shahri prokurori lavozimiga yangi rahbar tayinlandi

Akbar Sakiyev 10 iyun kuni Jizzax shahri prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil mart oyidan buyon Jizzax shahar prokurori sifatida faoliyat yuritib kelgan Muzaffar Mamatov xizmat faoliyatida erishgan yuqori natijalari va kasbiy mahorati inobatga olinib, Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi.
Uning o‘rniga shahar prokurori vazifasiga tayinlangan Akbar Sakiyev esa 2023 yil iyul oyidan buyon Mirzacho‘l tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, u mazkur tayinlovga qadar Do‘stlik tumani prokurori sifatida ham faoliyat olib borgan.





























Izohlar 0
…