date

Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda navbatdagi kuchli shamol qachon kuzatilishini ma’lum qildi

Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda navbatdagi kuchli shamol qachon kuzatilishini ma’lum qildi

Gidrometeorologiya markazi mutaxassislari O‘zbekiston bo‘ylab navbatdagi kuchli shamol qachon kuzatilishini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 14 may, shanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab tezligi soniyasiga 17-22 metrgachani tashkil qiladigan kuchli shamol kuzatiladi, deyiladi "Darakchi" nashrida.

Shu kuni qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar va momoqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 25-30 daraja iliqni tashkil etadi.

8 may kuni kechqurun respublikaning barcha hududlarida kuchli shamol kuzatildi. Oqibatda daraxtlar sinib avtomobillar ustiga va yo‘lning qatnov qismiga quladi. Toshkent hamda boshqa shaharlarda elektrenergiya o‘chishi kuzatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda navbatdagi kuchli shamol qachon kuzatilishini ma’lum qildi