
«Oʻzgidromet» 5 dekabr kuni qor yogʻadigan hududlarni e'lon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja sovuq, kunduzi 1–3 daraja sovuq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja sovuq, ba'zi joylarda 15–20 darajagacha sovuq, kunduzi 2–7 daraja sovuq boʻladi.
Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja sovuq, ba'zi joylarda 15 darajagacha sovuq, kunduzi 0–5 daraja sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, Navoiy viloyati shimolida kechasi 12–17 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja sovuq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq, ba'zi joylarda 3 darajagacha sovuq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatda havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq , 3 daraja iliq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ba'zi joylarda qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti qor yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–14 daraja sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja sovuq boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar