Joriy yilning 9-12 dekabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida anomal past havo harorati kuzatilishi mumkin.
"O‘zgidromet" e’lon qilgan xabarda aytilishicha, kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida kechalari 17-22 sovuq bo‘lishi kutilyapti.
Qayd etilishicha, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda havo harorati 24 daraja sovuqqacha tushishi mumkin, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq saqlanib turadi.
Avvalroq Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 8 dekabr, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qilgandi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublika tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 4-9 daraja sovuq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi