17:49 / 05.01.2023
2 850

Anomal sovuqning qanday xavf solishi ma’lum qilindi

Anomal sovuqning qanday xavf solishi ma’lum qilindi
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov anomal sovuq keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida to‘xtaldi.

Qish oylaridagi g‘ayritabiiy sovuq ob-havo uy-joy komunal xo‘jaligi, elektr energiya tarmoqlarida sovuq harorat yuklamasining ortishi, gaz quvurlarida gaz bosimining keskin pasayishi va aholi xonadonlari, ijtimoiy obyektlar va korxonalarda energetik yuklamaning ortishiga olib keladi.

Qishloq xo‘jaligi sektorida ham haroratning keskin pasayishi tuproq ustidagi haroratning havo haroratidanda 5-10 daraja pasayishiga, tuproq sirtining kuchli sovishi, yerning chuqur muzlashiga olib keladi. Issiqxona faoliyatini og‘irlashtiradi. Tokzorchilik yo‘nalishida sifatli o‘ralmagan toklarda kuchli sovuq urishi kuzatiladi.

Meditsina tizimida anomal sovuqlikning faol bosqichida atmosfera bosimining keskin ko‘tarilishi ro‘y beradi. Prognozlarga ko‘ra, 12-14 yanvar kunlari shimolda 1055 gPa, poytaxt Toshkentda 1050 gPaga yetadi. Yuqori atmosfera bosimi odam sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir qiladi. Ayniqsa, u allergik, asmatik hamda qon bosimi xastaliklari bilan og‘riyotgan bo‘lsa. Tashqi muhitda uzoq qolib ketish, qahraton sovuqda inson o‘limiga olib kelishi mumkin.

Havo transport yo‘nalishida ham muammolar yuzaga keladi. Sovuqlik omili va kuchli qor bo‘ronlar aviareyslar taqvimiga o‘zgartirishlar kiritadi. Avtomobil yo‘llarida muzlamalar avtotransport harakatini yomonlashtiradi. Temir yo‘l poyezd qatnovi grafiklarida ham (temir yo‘l relslari torayishi hisobiga) o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, deya qayd etadi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, kelgusi haftada O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelmoqda. Harorat ayrim joylarda -27 darajagacha sovishi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Anomal sovuqning qanday xavf solishi ma’lum qilindi