
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 11 yanvar, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 5-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, Ustyurtda 27-30 darajagacha, kunduzi 20-23 daraja sovuq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 8-13 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 5-10 daraja, ba’zi joylarda 12 darajagacha, cho‘l hududlarda kechasi 27-30 daraja, kunduzi 12-17 daraja sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, ba’zi joylarda 17 darajagacha, kunduzi 5-10 daraja, ba’zi joylarda 12 daraja sovuqqacha bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, ba’zi joylarda 15 darajagacha, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, ba’zi joylarda 15 darajagacha, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Farg‘ona viloyatining ayrim joylarida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 1-6 daraja sovuq bo‘ladi.
Respublika tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chish xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar