09:00 / 10.02.2023
289

Bugun yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Farg‘ona vodiysi bo‘yicha ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, shimolda -2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -1 daraja sovuq, +1 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Ob havo Andijon1, Qarshi ob havo1, Navoiy ob havo1, Toshkent ob havo1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugun yurtimizda qanday ob-havo kuzatiladi?