Sinoptiklar 17-19 aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat 17 aprelda kechasi +0...+5 daraja, ba’zi joylarda -1...-3 daraja, kunduzi +7...+12 daraja, 18 aprelda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 19 aprelda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat 17-18 aprelda kechasi +1...+6 daraja, Navoiy viloyati shimolida -1...-3 daraja, kunduzi 17 aprelda +10...+15 daraja, 18 aprelda +12...+17 daraja, 19 aprelda kechasi +3...+8 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi 17 aprelda +10...+15 daraja,18 aprelda +12...+17 daraja, 19 aprelda kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 aprelda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat 17 aprelda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja, 18 aprelda kechasi +4...+9 daraja, kunduzi +17...+22 daraja, 19 aprelda kechasi +4...+9 daraja, kunduzi +19...+24 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 aprelda Farg‘ona viloyatida ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi. Harorat 17 aprelda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja, 18-19 aprelda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 17-18 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanadi, do‘l yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. 19 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 aprelda kechasi +0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja, 18-19 aprelda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +6...+11 daraja bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring